Prezident Mirziyoyev taklifi bilan Orolbo‘yi mintaqasiga maxsus maqom berildi

Jamiyat

image

Orolbo‘yi mintaqasi ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 18 may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisi bo‘lib o‘tgan va unda Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilingan.

Qayd etish kerakki, Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish taklifini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Orolbo'yi

Baholaganlar

221

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing