Oregon va Sitak ham 1 sentyabrni “O‘zbekiston mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
Jamiyat
−
29 avgust 2165 1 daqiqa
Sietl va Vashington shahridan so‘ng Oregon shtati gubernatori hamda Sitak shahri meri ham o‘z hududlarida 2026 yil 1 sentyabrni rasman “O‘zbekiston mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchisi, Prezident Administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Ushbu tashabbus uchun amerikalik hamkorlarimizga samimiy minnatdorlik bildiraman”, deb yozgan Allamjonov.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning yirik iqtisodiy va texnologik markazlaridan biri – Sietl shahri meri Keti B.Uilson 2026 yil 1 sentyabrni shaharda rasman “O‘zbekiston mustaqilligi kuni” deb e’lon qilgandi.
Shuningdek, AQSH poytaxti Vashington shahri 1 sentyabrni O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi kuni deb e’lon qildi.
Live
Barchasi