Orban korteji Germaniyada avtohalokatga uchradi
Olam
−
25 iyun
14082Kecha, 24 iyun kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bo‘lgan kortej Germaniyada yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Viktor Orban Germaniyaga futbol bo‘yicha 2024 yilgi Yevropa chempionatini tomosha qilish uchun borgan. Avtohalokat Shtutgart shahrida soat 11:15 atrofida sodir bo‘lgan. 69 yoshli ayol boshqaruvidagi BMW rusumli avtomobil shlagbaumdan chiqib ketib, Vikton Orban mashinasiga hamrohlik qilayotgan 61 yoshli politsiyachining mototsikliga borib urilgan.
Shundan so‘ng, politsiya xodimi zarbdan Vengriya Bosh vaziriga hamrohlik qilayotgan boshqa, 27 yoshli ofitserning mototsikli oldiga uchib tushgan. Oqibatda, ikkala davlat xizmatchisi ham og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan. Biroq, 61 yoshli germaniyalik politsiyachi vafot etgan.
“Avtohalokat tufayli ofitserning mototsikli 27 yoshli hamkasbining mototsikliga urilib ketgan. 61 yoshli erkak olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etdi, kichik ofitser esa og‘ir jarohat oldi. Biz hamkasblarimizning baxtsiz hodisasidan qattiq qayg‘udamiz”, degan politsiya boshlig‘i Markus Eyzenbraun.
Shuningdek, u avtohalokatda og‘ir jarohat olgan ikkinchi politsiya xodimiga tezroq sog‘ayib ketishini tilagan.
LiveBarchasi