Oraz Abdurazzoqov Beeline`dan ketishini ma’lum qildi

Jamiyat

image

Buzton qo‘shma korxonasi (internet-provayder, Beeline brendi) bosh direktori Oraz Abdurazzoqov joriy yilning 19 iyulidan egallab turgan lavozimidan iste’foga chiqishini ma’lum qildi. U diqqatini shaxsiy yozuvchilik loyihalarini amalga oshirishga qaratmoqchi. Bu haqda Beeline Uzbekistan Matbuot xizmati xabar berdi.

“So‘nggi yillarda o‘z vaqtimni kar’era va yozuvchilik faoliyati o‘rtasida bo‘lishimga to‘g‘ri keldi. Hozir esa bir tanlov qilish vaqti kelgan ko‘rinadi va men qaror qildim”, degan Oraz Abdurazzoqov.

Shu kunlarda Rossiyaning “Eksmo” nashriyotida Abdurazzoqovning “d’Artanyan qilichi yoxud bir yil o‘tib” romani chiqayotgani ma’lum qilingandi.

“Yaqin oylarda men o‘zimning adabiy loyihalarim, shuningdek, yangi kitobim ustida ishlamoqchiman”, deb qo‘shimcha qilgan Oraz Abdurazzoqov.

Bir vaqtning o‘zida Oraz Abdurazzoqov Unitel (Beeline) tashqi aloqlar va kommunikatsiyalar direktori sifatidagi faoliyatini ham yakunlayapti. Bu lavozimda u 2008 yildan beri ishlab kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Oraz Abdurazzoqov Beeline

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing