Beeline nima sababdan ishlamagani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
18 iyun
14565O‘zbekiston bo‘ylab Beeline SIM-kartalari bilan bog‘liq muammolar kuzatilmoqda. Beeline Uzbekistan uzilishlar bo‘layotganiga munosabat bildirdi.
Aloqa operatorining ma’lum qilishicha, kompaniya abonentlari bugun, 18 iyun kuni mobil internet bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan.
Kompaniyaga ko‘ra, ayni paytda tarmoqda avariya-tiklash ishlari o‘tkazilmoqda.
“Ba’zi foydalanuvchilar SMS yuborish va qabul qilish imkonsizligi haqida ham xabar bergan. USSD xizmati ishlamoqda. Shu sababdan ba’zi abonentlarda internet xizmatlari va boshqa servislar ishlashi bilan bog‘liq qisqa vaqtli uzilishlar kuzatilishi mumkin. Yaqin orada xizmatlarning ishlashi to‘liq tiklanadi. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyilgan xabarda.
LiveBarchasi