“Oralaridan ola mushuk o‘tgan” Eron va Misr yarashmoqchi

Olam

image

Eron va Misr delegatsiyalari Iroqda muzokaralar olib bormoqda va yaqin orada diplomatik munosabatlarni tiklashga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda bugun, 14 may kuni Eron Majlisi (parlamenti) Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi a’zosi Fada Husayn Malikiyga tayanib, “Mehr” agentligi xabar berdi.

“Iroqda Eron va Misr o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yaqin kelajakda qayta tiklanadi. Avvaliga ikki davlat elchixonalari ochiladi, shundan so‘ng Eron Prezidenti Ibrohim Raisi va Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi o‘rtasida uchrashuv tashkil etiladi”, degan Malikiy.

Ma’lumot uchun, Tehron va Qohira o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 1980 yilda Erondagi Islom inqilobidan so‘ng, Misr taxtdan ag‘darilgan Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviyga boshpana bergani, shuningdek, Arab Respublikasi Isroil bilan tinchlik shartnomasini imzolagani sababli uzilgan. Mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish yo‘li faqat 2010 yilda boshlangan, biroq ular rasman tiklanmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy vositachiligida Eron Saudiya Arabistoni bilan aloqalarni tiklagan, ikki davlat poytaxtlarida vakolatxonalar ochilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Misr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing