Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi. 

Ikki tomonlama uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlarga boy dastur yakunida salmoqli kelishuvlarga erishildi.

Shavkat Mirziyoyev Tokioda Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vazir Sindzo Abe, parlament rahbarlari va hukumat a’zolari, Yaponiya biznesining yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev MDHning norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga jo‘nab ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev MDH

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing