Norboyeva Yaponiyaning yangi imperatori taxtga o‘tirish marosimida qatnashadi
Jamiyat
−
16 Oktabr 2019
3945O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva joriy yilning 22-23 oktyabr kunlari Yaponiyaga tashrif buyuradi. Norboyeva , Yaponiyaning yangi Imperatori Naruxitoning taxtga o‘tirishi munosabati bilan 22-23 oktyabr kunlari Tokioda o‘tkaziladigan tantanali marosimda ishtirok etadi. Senat raisining Yaponiyaga tashrifi bugun, 16 oktyabr kuni Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yoshinori Fudjiyama o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilingan.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni, shu jumladan parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari muhokama etilgan. Parlament diplomatiyasi O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi qayd etilgan.
Yaponiyaga yuksak darajadagi tashrifni tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish muhokamaning muhim mavzusi bo‘ldi. Bu tashrif, shubhasiz, O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarini sifat jihatidan yangi pog‘onaga ko‘tarishga xizmat qilishi aytildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning dekabr oyida Yaponiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
LiveBarchasi