“Oppenheimer” BAFTA mukofotining 7 ta nominatsiyasida  g‘olib bo‘ldi

Madaniyat-san’at

image

Londonda joriy yilning 18 fevral kuni Britaniya kino va san’at akademiyasida BAFTA yo‘nalishlari bo‘yicha taqdirlash marosimi bo‘ldi. Unda har xil yo‘nalishlar bo‘yicha mukofotlar o‘z egalariga topshirildi. Bu haqda mukofotning rasmiy sahifasida xabar berildi.

Kinoekranlarda namoyish etilishi bilanoq dunyo bo‘ylab katta shuhrat qozongan “Oppenheimer” filmi BAFTA mukofotining 7 ta naminatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ushbu kino ijodkorlaridan Kristofer Nolan eng yaxshi rejissyor, Killian Myorfi esa eng yaxshi aktyor deb topildi.

Shuningdek, “Poor Things” filmi 5 ta yo‘nalishda  BAFTA oldi. Xususan, mazkur filmdagi roli uchun Emma Stoun  eng yaxshi aktrisa deb topildi. "The zone of Interest" filmi esa BAFTA ning 3 ta yo‘nalishida mukofotni qo‘lga kiritdi.

Malumot uchun, BAFTA – kino, pesa va televideniyedagi eng yaxshi asarlarni jamoatchilik e’tiboriga havola etuvchi hamda Buyuk Britaniya va xalqaro miqyosda ijodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi dunyodagi yetakchi mustaqil san’at xayriya tashkilotidir.

Eslatib o‘tamiz, “Oppenheimer” filmi joriy yilning dastlabki haftasida “Oltin Globus” mukofoti bilan ham taqdirlangandi.  

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Oppenheimer BAFTA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing