“Open budget”ning yangi mavsumi boshlandi
Jamiyat
−
02 fevral 1521 1 daqiqa
Kecha, 1 fevraldan “Tashabbusli byudjet” dasturining 2026-yilgi ilk mavsumi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu mavsum “Tashabbusli byudjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi – yubiley mavsum hisoblanadi.
Bunda:
- 1–20 fevral kunlari loyihalarni kiritish;
- 21 fevraldan 7 martgacha loyihalarni saralash;
- 8–10 mart kunlari targ‘ibot bosqichi;
- 11–20 mart kunlari ovoz berish bosqichi;
- 21–31 mart kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.
Qolaversa, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21 mart – Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun, 2024 yilning mart oyidan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonida ovoz berishda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etilgan. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali ovoz berish jarayonida fuqarolarni identifikatsiya qilish hamda bir fuqaro tomonidan berilgan bitta ovozni qabul qilish tizimi joriy etiladi.
Aliqulov Javohir
Live
Barchasi