“Open budget”da ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan 39 ta shikoyat kelib tushdi
Jamiyat
−
27 avgust
4713“Tashabbusli byudjet”ning 2024 yilgi 2-mavsumida ovoz yig‘ishga majburlash holatlari yuzasidan 39 ta shikoyat kelib tushdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, hududlar kesimida eng ko‘p shikoyat Farg‘ona viloyatida (7 ta) tushgan. Shuningdek, Toshkent shahrida 6 ta, Namangan va Jizzax viloyatlarida 5 tadan shikoyat tushgan. Shikoyatlarning ko‘pchiligi umumta’lim maktablari (19 ta) va tibbiyot tashkilotlarida (16 ta) kuzatilgan.
Ma’lum qilinishicha, barcha murojaatlar tegishli tuman (shahar) Xalq deputatlari Kengashlariga yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topsa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Tashabbusli byudjet”ning 2024 yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi 22 avgustda boshlandi va 31 avgust soat 23:59 ga qadar davom etadi. Joriy mavsumda ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 3 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Bunda har bir loyiha uchun eng yuqori qiymat 1 milliard 360 million so‘mni tashkil etadi.