Onlayn qimor ikki xorazmlikning cho‘ntagini quritdi

Jamiyat

image

Xorazm viloyati Hazorasp tumanida ikki erkak onlayn qimor o‘ynab, 160 million so‘m yutqazdi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ular qimorda yutqazdan keyin Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, dastlab ular tumandagi “Ishchilar” mahallasida tavakkalchilikka asoslangan onlayn o‘yinlar o‘ynash uchun ijaraga olingan binoga borgan. Ular u joyda ikki nafar fuqaro bilan tanishgan. Shundan so‘ng ikki nafar shaxs jabrlanuvchilarga katta miqdordagi pullarni yutib berishni va’da qilgan. O‘yinning birinchi martasiga 5 million so‘m foyda bilan pullarini jabrlanuvchilarga qaytarib bergan. Ikkinchi marta bundan ko‘proq foyda ko‘rishlarini aytib, ularning 160 million so‘m pullarini olib, onlayn qimor o‘yinlariga tikkan. Biroq ular o‘yinda pullarni yutqazib qo‘yib, g‘oyib bo‘lgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlariga ko‘ra, tavakkalchilikka asoslangan onlayn qimor o‘yinlarini o‘tkazishni tashkillashtirgan va pullarni yutqazib qo‘ygan shaxslar Xorazm viloyati Hazorasp tumanida yashovchi A.U. va S.V. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan ayblanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xorazm onlayn qimor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing