Omurbek Tekebayev: Atamboyev sudi ochiq va oshkora bo‘lishi kerak
Olam
−
02 Sentabr 2019
4083Omurbek Tekebayev Almazbek Atamboyevga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlarga izoh berdi, deya xabar beradi “Kaktus media”.
Bugun, 2-sentabr kuni Jalolobod viloyatining Akman qishlog‘ida nutq so‘zlab, sobiq va hozirgi Prezidentlarga munosabat bildirdi.
"Biz birinchi bo‘lib Atamboyev Prezidentlikdan ketgandan so‘ng hokimiyatni saqlab qolishni va hukumatni nazorat qilishni niyat qilganini e’lon qildik. Buning uchun o‘rtoqlarimiz ta’qib qilinib, ishdan bo‘shatildi", dedi Tekebayev.
"Vaqt o‘tdi, Atamboyevning barcha rejalari barbod bo‘ldi. U hozir hibsda. Ammo qonunsizlik qurboni sifatida men buni dushmanimga ham ravo ko‘rmagan bo‘lardim", dedi siyosatchi.
Tekebayevning fikricha, Atamboyev ishi bo‘yicha tergovni to‘liq mas’uliyat bilan olib borish kerak va sud ochiq va oshkora bo‘lishi shart.
"Agar u aybdor bo‘lmasa, ayblovlar bekor qilinishi kerak, agar u aybdor bo‘lsa, u qonun bo‘yicha javob berishi kerak. Men buni nafaqat hozir aytayapman. Men bu haqda fevral oyida qamoqda bo‘lganimda gapirdim. Rasmiylarga Atamboyev ishiga shoshilmaslikni maslahat berdim. "U ham birovning o‘g‘lidir va qilgan ishi uchun faqat javobgar bo‘lishi kerak", dedi siyosatchi.
Tekebayev shuningdek, Sooronbay Jeyenbekov haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning fikricha, Jeyenbekov tarixiy rolni o‘z zimmasiga oldi, chunki uning Prezidentligi davrida o‘zidan oldingi Prezident birinchi bor javobgar bo‘ldi. U buni yaxshi voqea deb atadi.
"Agar u yomon ishlasa, to‘rt yil uchun javob beradi va biz uni javobgarlikka tortamiz", deya qo‘shimcha qildi Tekebayev.
LiveBarchasi