Omonjon Nigmanov vafot etdi
Jamiyat
−
17:34 13951 1 daqiqa
Bugun, 21 dekabr kuni Tashqi ishlar vazirligi tizimida uzoq yillar davomida sidqidildan xizmat qilgan Omonjon Nigmanovning vafoti etdi. Shu munosabat bilan vazirlik marhumning oila a’zolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Omonjon Nigmanov 1994 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida hamda qator xorijiy mamlakatlarda - Germaniya, Yaponiya va Eron davlatlaridagi diplomatik vakolatxonalarda haydovchi-mexanik sifatida samarali faoliyat olib borgan.
“Nigmatov hamkasblari va jamoa orasida yuksak insoniy fazilatlari, kamtarligi va halolligi bilan alohida hurmat va e’tirofga sazovor bo‘lgan. Marhumning yorug‘ xotirasi qalbimizda mangu saqlanib qoladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq butun hayoti va mehnat faoliyatini qishloq xo‘jaligi sohasi taraqqiyotiga bag‘ishlagan taniqli fermer, O‘zbekiston Qahramoni Abduraim Hamidov vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi