“Omicron” uchun yangi vaksina yaratish kerakmi?

Olam

image

Gonkong universiteti olimlari koronavirusining "omicron” shtammini yengish uchun yangi avlod vaksinalarini ishlab chiqarish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda "South China Morning Post " nashri xabar berdi.

Universitet olimlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, Pfizer va Sinovac vaksinalari COVID-19 koronavirusining yangi “omicron” shtammidan himoya qilish uchun yetarlicha antikorlarni ishlab chiqarmaydi.

Shuningdek, "omicron” shtammi COVID-19 vaksinasining, xususan CoronaVac vaksinasining ikki dozasi samaradorligini kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu sababli olimlar vaksinani olganlarda virusni qayta yuqtirish xavfi borligini ta’kidlamoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Pfizer vaksinasining ikki dozasini olgan 25 kishi orasida faqat beshtasida “omicron” bilan kurashish uchun yetarli miqdorda antikor aniqlangan. Biroq ulardagi antikorlar koronavirusning dastlabki shtammiga qaraganda 35-40 baravar, «beta» va «delta» shtammlariga qaraganda sezilarli darajada kamroq.

Avvalroq, Pfizer va BioNTech kompaniyalari koronavirusning yangi "omicron” shtammi vaksina antikorlarini koronavirusning boshqa shtammlariga qaraganda samaraliroq chetlab o‘tishini tasdiqlagan edi.

Bundan tashqari, Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi o‘zining ZF-UZ-VAC2001 preparatini koronavirusning “omicron” variantiga qarshi antitanachalar ishlab chiqarilishiga olib kelishi mumkinligini aytgan edi. Shuningdek, yapon olimlar “omicron” vaksinaga qarshi ko‘proq yuqumli bo‘lib, u ham tabiiy, ham emlash orqali hosil bo‘lgan immunitetni yenga olishini ma’lum qilgan edi.

Ozoda Choriyeva

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing