“Omicron”ning kutilmagan alomati aytildi
Salomatlik
−
22 dekabr 2021
13941“Omicron”ning eng xarakterli alomati — bosh og‘rig‘i. Bu haqda allergist-immunolog Vladimir Bolibok ma’lum qildi.
“Omicron”ning eng xarakterli alomati — bu juda aniq bosh og‘rig‘i va to‘satdan paydo bo‘lgan zaiflik, kuch yo‘qolishi”, deb tushuntirgan u.
Shifokorning ta’kidlashicha, COVID-19 ning barcha variantlari uchun 70 dan ortiq alomatlar tavsiflangan, shuning uchun patogen turini aniqlash juda qiyin.
“Ular turli shtammlarda takrorlanadi. Birinchi — uxan shtammining “tashrif qog‘ozi” hid bilishning yo‘qolishi bo‘lgan, bu “delta”da ham kuzatilgan, lekin kamroq”, deb tushuntirgan shifokor.
Bolibok, shuningdek ko‘p miqdorda “omicron” shtammi aniqlangan mamlakatlardagi hamkasblariga iqtibos keltirgan, ular bu holatda hid bilishning yo‘qolishi juda kam uchrashini aytishgan.
Ma’lumot o‘rnida, SARS-CoV-2 ning yangi B.1.1.529 varianti ilk bor noyabr oyi o‘rtalarida Botsvana va Janubiy Afrikada aniqlangan edi.