“Omicron”ga qaramay maktablar yopilmasligi kerak – UNICEF

Olam

image
0:00
0:00
download

UNICEF maktablarning yana yopilmasligi uchun koronavirusning yangi “omicron” shtammi tarqalishini minimallashtirish yo‘lida barcha choralarni ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda BMT saytida xabar qilingan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ijrochi direktori Genriyetta Forning fikricha, koronavirusning o‘ta yuqumli “omicron” shtammi tarqalishiga qaramay, “umummilliy maktablar yopilishidan iloji boricha qochish kerak”.

“COVID-19 tez tarqalishi bilan, sog‘liqni saqlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilishi kerak bo‘lganda, maktablar oxirgi bo‘lib yopilishi va birinchi bo‘lib ochilishi kerak”, deydi Genriyetta For.

Uning fikricha, maktablarning yana bir bor ommaviy yopilishi bolalar uchun halokatli bo‘ladi.

For onlayn ta’limning salbiy ta’siri aniq ekanini va maktablarning uzoq muddat yopilishi dahshatli oqibatlarga olib kelishini ta’kidlagan.

“Maktablarni yopish to‘g‘risidagi qarorlar ta’limda o‘nlab yillar erishilgan taraqqiyotini bekor qildi va bolalar farovonligiga o‘nglab bo‘lmas darajada putur yetkazdi. Bizni bolalar mehnati, bolalar nikohi va ruhiy salomatlik muammolar kabi soya pandemiyasi qamrab oldi”, deydi For.

UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, maktab o‘quvchilarining bu avlodi kelajakda butun umri davomida 17 trillion dollardan ko‘proq daromad olishi mumkin emas.


Maqola muallifi

Teglar

UNICEF

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing