“Omicron” dunyoning aksariyat mamlakatlarida tarqalib bo‘lgan – JSST
Olam
−
15 dekabr 2021
3764Koronavirusning “omicron” shtammi hali rasman aniqlanmagan bo‘lsa ham, dunyoning aksariyat mamlakatlarida keng tarqalgan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus brifingda ma’lum qildi.
“Hozirgi kunga qadar 77 ta davlatda “omicron” bilan kasallanish holatlari haqida xabar berilgan va haqiqat shundaki, “omicron” ko‘plab mamlakatlarda mavjud bo‘lishi mumkin, hatto u hali aniqlanmagan bo‘lsa ham. “Omicron” biz boshqa versiyalarda kuzatmagan tezlikda tarqalmoqda”, degan u.
Ma’lumot o‘rnida, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning noyabr oyi oxiridagi favqulodda yig‘ilishdan so‘ng, Janubiy Afrikada topilgan koronavirusning yangi variantini tashvishga soladigan deb tasniflashga qaror qildi. JSST yangi B.1.1.529 shtammni yunoncha “omicron” harfi bilan nomladi.