Ombudsman Prezidentga ”maxsus ma’ruza” taqdim etishi mumkin
Jamiyat
−
17 Sentabr
2284O‘zbekistonda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga mutlaqo yangi huquq – Prezidentga, Oliy Majlis palatalariga, Vazirlar Mahkamasiga “maxsus ma’ruza” taqdim etish huquqi berilishi kutilmoqda. Shu kabi o‘zgarishlarni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bugun, 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tayotgan Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur qonun loyihasi bilan Ombudsman faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirib, uning inson huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta’minlash borasidagi vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan mutlaqo yangi huquq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga “maxsus ma’ruza” taqdim etish huquqi belgilab qo‘yilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan “muqobil ma’ruza” tayyorlashi hamda tegishli xalqaro tashkilotlarga taqdim etish mumkinligi belgilanmoqda.
Shu bilan birga, Ombudsman lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar soddalashtirilib, ayrim talablar (yuksak axloqiy sifatlarga, oliy ma’lumotga, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida zarur tajribaga ega bo‘lgan) bekor qilinmoqda. Qolaversa, Ombudsman ta’sir choralarining turlariga aniqlik kiritilgan holda, (ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma) alohida bobda, har bir ta’sir chorasi alohida-alohida moddada aks ettirilyapti.
LiveBarchasi