Omadli va omadsiz insonlarning farqi aniqlandi
Foydali
−
12 iyun 2019
12379Qiziq: doim kutiluvchi, ammo kutilmaganda keluvchi mehmon — omad. Aqlli insonlar omadli bo‘lish qiyin deb qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi. Siz omadli va omadsiz odamni farqi nimada ekanligini bilasizmi? Angliyalik olimlar buni aniqladi. Tadqiqot natijasi bilan quyida tanishing:
O‘tkazilgan tadqiqot davomida omadli insonlar omadsiz insonlardan yuqori darajada farqlanishi aniqlandi.Omadli insonlar omadsizlarga nisbatan ko‘proq tabassum qiladi va ko‘zi orqali sizni e’tiboringizni ushlab turadi.
Omadsizlar esa emotsional beqarorlikka, xavotirga va salbiy hissiyotlarga moyil bo‘lar ekan. Shuning uchun ular qandaydir bir muammo tufayli haddan tashqari tashvishlanadi, natijasida imkoniyatlarni qo‘ldan chiqaradi.
Tadqiqot ishtirokchilariga bir oy davomida bajarishi lozim bo‘lgan tavsiyalar berildi. Ular quyidagilar:
Barcha yangi narsalarga ochiq bo‘ling, shunda sizda baxt keltiruvchi chiptani tortib olish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.
Kengroq fikrlang. O‘z maqsadingizga erishish-erishmaslik borasida doim tashvishlanish tufayli siz ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan boy berishingiz mumkin.
Hayotga ijobiy tarzda yondashing. Hamma narsaning faqat salbiy jihatlarini ko‘rish kerak emas. Bunday kayfiyat sizdan hayotiy kuchingizni olib qo‘yadi. Nimadandir shikoyat qilish o‘rniga, bundan ham yomonrog‘i yuz bermagani uchun shukur qiling.
Xayotingizga yangilik kiriting. Agar siz har kuni bir xil odamlar bilan muloqotda bo‘lsangiz, bir xil taomni esangiz, bir xil ishlarni bajarsangiz bu sizni ziriktiradi. Shuning uchun, o‘z hayotingizni xilma-xillashtirishga harakat qiling.
Tadqiqot ishtirokchilarining 80 foizi bir oy o‘tgach, baxtliroq, o‘z hayotlaridan mamnunroq va asosiysi, omadliroq bo‘lganliklarini ta’kidladi.
LiveBarchasi