Yana bir fuqaro metroda temir yo‘l izlariga yiqilib tushdi
Jamiyat
−
27 iyun 2019
7133Biroz oldin, kecha, 26 iyun kuni Toshkent metropolitenining “O‘zbekiston” bekatida namanganlik 25 yoshli yigitning temir yo‘l relsi ustiga yiqilib tushgani haqida xabar bergan edik.
Toshkent metropoliteni Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun, 27 iyun kuni soat 09:20 lar atrofida Toshkent metropolitenida yana bir yuqoridagiga o‘xshash holat yuz bergan.
Metropolitenning “Beruniy” bekatida platformaning chetida turgan, 1991 yilda tug‘ilgan Sh.D. temir yo‘l izlariga yiqilib tushgan.
Stansiya xodimlari tezlik bilan fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatgan. Ma’lum qilinishicha fuqaro jiddiy jarohat olmagan.
Mazkur holat poyezdlar qatnovining harakat jadvaliga ta’sir ko‘rsatmagan.
LiveBarchasi