Oltinsoy tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 22 iyun kuni Surxondaryo viloyati Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman hokimliklari vakillari, korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Uni viloyat hokimi To‘ra Bobolov boshqarib bordi.

Yig‘ilishda tumanni har tomonlama rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy baholanib, qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan birga mavjud muammolarni yechish, odamlarni o‘ylantirib, tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni hal etish borasidagi vazifalar atroflicha tahlil qilindi. Qayd etilgan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Boyniyazov Erkin Bozorovich Oltinsoy tumani hokimi vazifasidan ozod qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Jumayev Alisher Turobovich Oltinsoy tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiyada so‘zga chiqqanlar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mavjud imkoniyat va resurslardan samarali foydalanish borasida yo‘l qo‘yilgan kamchilik va muammolarni hal etish yo‘llari, tuman faollari oldida turgan dolzarb vazifalar aniq ko‘rsatib berilgani, ana shu amaliy ko‘rsatmalar asosida ishni to‘g‘ri tashkil etib, hamjihatlik bilan mehnat qilish va ko‘zlangan marralarga erishish zarurligini alohida ta’kidladilar.


Maqola muallifi

Teglar

Tayinlov Oltinsoy tumani

Baholaganlar

103

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing