Surxondaryodagi tumanlarning yangi hokimlari eski lavozimlaridan rasman ozod etildi

Jamiyat

image

Bugun, 31 yanvar kuni Hukumat qarori bilan Surxondaryo viloyatining bir nechta tumanlari hokimlari avvalgi lavozimlaridan ozod etildi.

1. Bahrom Omonovich Maxmatrayemov

Masalan, Kinematografiya agentligi bosh direktorining o‘rinbosari Bahrom Omonovich Maxmatrayemov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ketdi. Avvalroq u Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumaniga hokim etib tayinlangan edi.

Tumanning yangi hokimi eski lavozimida 2021 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Bahrom Omonovich Mahmatrayimov 1974 yil 7 iyunda Denov tumanida tug‘ilgan. 2000 yil Termiz davlat universiteti, 2006 yil Bank-moliya akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi avtotransport korxonalari menejeri, soliqlar va soliqqa tortish.
Shuningdek, u 1996-2021 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Hisob palatasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2. Bahodir Shoturayevich Shukurov

Yaqinda Surxondaryo viloyatining Boysun tumaniga hokim lavozimiga tasdiqlangan Bahodir Shukurov ham Vazirlar Mahkamasi Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyatining Ekologik nazorat bo‘limi mudiri lavozimidan ozod etildi.

U bir yil davomida, ya’ni 2022 yildan buyon Vazirlar Mahkamasining Ekologik nazorat bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bahodir Shoturayevich Shukurov 1973 yil 1 yanvarda Boysun tumanida tug‘ilgan. 1995 yil Toshkent davlat universiteti, 2004 yil Toshkent davlat yuridik instituti, 2006 yil Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi fizik, huquqshunos.
B.Shukurov 1994-2022 yillarda Ekologiya davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi va Oliy Majlis Senatida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

3. Sherzod Abdimuratovich Rajabov

25 yanvar kuni Surxondaryoning Qiziriq tumaniga hokimlikka tasdiqlangan Sherzod Rajabov ham bilan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosarligidan ketdi. U ushdu lavozimda 2021 yildan buyon ishlab kelayotgan edi.


Sherzod Rajabov 1984 yil 26 yanvarda Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2007 yil Termiz davlat universiteti, 2014 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi iqtisodchi. Sh.Rajabov 2008-2021 yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi, “O‘zvinosanoat-xolding” AJ, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Boysun Oltinsoy Qiziriq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing