Oltinni tanasiga yashirib, chegaradan olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona postida quyma oltinni tanasiga yashirib, noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bojxona postidagi shaxsiy ko‘riklarda fuqaroning tanasidan umumiy og‘irligi 1 028 gramm bo‘lgan quyma tilla bo‘laklari aniqlangan. Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur oltin buyumlarining umumiy qiymati 1 milliard 312 million so‘mni tashkil etgan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli protsessual harakatlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahridan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan samolyot yo‘lovchisining yonidan qimmatbaho va qadimiy kitoblar chiqqan edi. https://qalampir.uz/news/istanbuldan-kelgan-yulovchining-sumkasidan-arabcha-tarikhiy-kitoblar-topildi-117641


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent viloyati Oltin “Navoiy” chegara bojxona posti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing