“Oltin to‘p” uchun da’vogarlar reytingi yangilandi

Sport

image
Nufuzli “Goal” nashri ushbu mavsumdagi “Oltin to‘p” mukofotiga asosiy da’vogarlar reytingini yangiladi. Unda Harri Keyn yetakchilik qilmoqda.

Nashr talqiniga ko‘ra, “Bavariya” va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn reytingda birinchi o‘rinni egallab, futboldagi eng nufuzli individual mukofotning asosiy favoriti sifatida ko‘rsatildi.

Uning eng yaqin ta’qibchilari sifatida jamoadoshi Mikael Olise hamda “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe qayd etilgan. Shuningdek, PSJ vingeri Usmon Dembele va sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi kuchli beshlikdan joy olgan.

“Goal” talqiniga ko‘ra, “Oltin to‘p” uchun eng yaxshi 10 nafar da’vogar:
  • Harri Keyn (“Bavariya”, Angliya)
  • Mikael Olise (“Bavariya”, Fransiya)
  • Kilian Mbappe (“Real Madrid”, Fransiya)
  • Usmon Dembele (PSJ, Fransiya)
  • Lionel Messi (“Inter Mayami”, Argentina)
  • Erling Holand (“Manchester Siti”, Norvegiya)
  • Lamin Yamal (“Barselona”, Ispaniya)
  • Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ, Gruziya)
  • Deklan Rays (“Arsenal”, Angliya)
  • Luis Dias (“Bavariya”, Kolumbiya)
E’tiborlisi, kuchli yigirmatalikdan “Bavariya” va “PSJ” klublarining to‘rt nafardan futbolchisi o‘rin olgan. Shu bilan birga, amaldagi “Oltin to‘p” sohibi bu safar reytingning eng yuqori o‘rinlaridan joy olmadi.

Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing