“Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar reytingi yangilandi
Sport
−
02 iyun 2445 2 daqiqa
PSJning Chempionlar ligasi finalida “Arsenal” ustidan qozongan g‘alabasi bilan Yevropada 2025-2026 yilgi futbol mavsumi rasman yakunlandi. Shu munosabat bilan “Goal” nashri 2026 yilgi “Oltin to‘p” mukofoti uchun asosiy da’vogarlar reytingining yangilangan talqinini e’lon qildi.
Reytingning yangilangan talqiniga ko‘ra, Chempionlar ligasidagi g‘alabaga qaramay, PSJ vingeri Usmon Dembele peshqadamlikni qo‘lga kirita olmadi va ikkinchi o‘rinda qoldi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn egallab turibdi. “Barselona”ning yosh yulduzi Lamin Yamal esa, kuchli uchlikdan joy oldi.
“Arsenal” yarim himoyachisi Deklan Rays finaldagi mag‘lubiyatdan keyin reytingda sezilarli pasayishga uchradi. U olti pog‘ona pastlab, uchinchi o‘rindan to‘qqizinchi o‘ringa tushib ketdi.
“Goal” nashrining talqiniga ko‘ra, “Oltin to‘p” mukofoti uchun asosiy da’vogarlar reytingi quyidagicha:

- Harri Keyn (“Bavariya”, Angliya terma jamoasi);
- Usmon Dembele (PSJ, Fransiya terma jamoasi);
- Lamin Yamal (“Barselona”, Ispaniya terma jamoasi);
- Vitinya (PSJ, Portugaliya terma jamoasi);
- Maykl Olise (“Bavariya”, Fransiya terma jamoasi);
- Kilian Mbappe (“Real Madrid”, Fransiya terma jamoasi);
- Xvicha Kvaratsxeliya (PSJ, Gruziya terma jamoasi);
- Luis Dias (“Bavariya”, Kolumbiya terma jamoasi);
- Deklan Rays (“Arsenal”, Angliya terma jamoasi);
- Erling Holand (“Manchester Siti”, Norvegiya terma jamoasi).
Live
Barchasi