“Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar ma’lum bo‘ldi
Sport
−
24 Sentabr
40085“Real Madrid” vingeri Vinisius Junior “Oltin to‘p” sovrini uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 28 oktyabr kuni braziliyalik futbolchiga muvaffaqiyatli o‘yinlari uchun mashhur futbol mukofoti topshiriladi. Sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi Madridning asosiy ko‘chasi Gran Viadagi do‘konini Vinisiusga “Oltin to‘p” topshirilganidan ikki kun o‘tib qayta ochadi. Braziliya terma jamoasi futbolchisi uchun cheklangan miqdordagi oltin butsalar tayyorlab bo‘lingan.
O‘tgan mavsum oxirida Vinisius “Real” bilan Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya Superkubogi va Ispaniya chempionatida g‘olib chiqdi.
Ma’lumot uchun, Vinisius 2018 yilning iyul oyida “Flamengo”dan “Real”ga o‘tgan edi. Uning transfer summasi 45 million yevroni tashkil qildi, futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 180 million yevroni tashkil qiladi.
LiveBarchasi