“Oltin to‘p” sohibi Saudiya klubiga o‘tishi mumkin

Sport

image

Fransiyaning PSJ yarim himoyachisi, amaldagi “Oltin to‘p” sohibi Usmon Dembele faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi Yaqin Sharqning bir nechta klublari diqqat markazida turibdi. Dembele hozircha Parij klubi bilan shartnomasini uzaytirmagan va shu sababli uning Saudiya Arabistoni jamoalaridan biriga ko‘chib o‘tish ehtimoli mavjud.

Qayd etilishicha, 100 million yevro miqdoridagi taklif PSJni futbolchini qo‘yib yuborishga ko‘ndirish uchun yetarli bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Usmon Dembele joriy mavsumda Parij klubi safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2025 yilda Dembele faoliyatida ilk bor “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u FIFA tomonidan 2024-2025 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi, deb ham topildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Usmon Dembele yuqori maosh talablari sabab “Pari Sen-Jermen” bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortganligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni PSJ Usmon Dembele “Oltin to'p”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing