“Oltin to‘p” qachon o‘z egasini topishi aniq bo‘ldi

Sport

image

28 oktyabr kuni Parijdagi “Chatelet” teatrida 2023/24 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha eng yaxshi futbolchi uchun “Oltin to‘p”ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “France football” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, eng yaxshi futbolchi sovrini uchun nomzodlar ro‘yxati 4 sentyabr kuni e’lon qilinadi. Hozirda “Real Madrid” klubining 4 nafar futbolchisi Vinisius Junior, Jud Bellingem, Killian Mbappe va Toni Kroos sovrin uchun kurashda favorit hisoblanadi. 

“Oltin to‘p” oxirgi marta 2023 yilda argentinalik Lionel Messiga nasib etdi. Messi sovrinni sakkizinchi marta qo‘lga kiritdi. 

Ma’lumot uchun, “Oltin to‘p” sovrini 1956 yildan beri topshirilib keladi. 2010 yildan 2015 yilgacha “Oltin to‘p” Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) bilan hamkorlikda o‘z egasini topib keldi. 2016 yildan buyon esa sovrin yana “France Football” nashri tomonidan topshirib kelinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Oltin to'p Chatelet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing