Oltin rekord darajada qimmatladi

Jamiyat

image

Jahon bozorida oltin narxi bir unsiya uchun 2100 dollardan oshib, rekord darajaga chiqdi. Bu haqda "Kommersant’" nashri xabar berdi.

AFP ma’lumotlariga ko‘ra, savdolar ochilishida metallning narxi 2135,39 dollarga yetgan va bu pandemiya davridagi rekordni ham yangilagan.

Nashrning yozishicha, bunga Isroil va Falastinning HAMAS harakati o‘rtasidagi urush fonida oltinga qiziqishning ortib borayotgani sabab bo‘lgan. Shuningdek inflyatsiyaning sekinlashishi ham buning omillaridan biri sanalmoqda. Bu esa Federal rezerv stavkalarini pasaytirishi mumkinligi haqidagi taxminlarga sabab bo‘lmoqda. 

O‘z navbatida O‘zbekiston Markaziy banki 4 dekabr, dushanba kunidan boshlab oltin narxini belgiladi.  

Ayni paytda 5 grammli oltin quymasi 4 million 240 ming so‘mdan sotilmoqda. Bu qimmatli metalning bir grammi 847 920 so‘m yoki o‘tgan juma kungidan 1,2 foizga qimmatroq deganidir.

O‘zbekiston jahonda yetakchi oltin eksport qiluvchi davlatlardan biri sanaladi. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston xorijga 6,87 milliard dollarlik oltin eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich, 2022 yilning shu davriga nisbatan 2,3 baravarga ko‘paygan.

Ma’lumot uchun, noyabr oyi oxirida jahon bozorida oltin narxi bir troya unsiyasi uchun 2050 dollardan oshib, oxirgi yetti oylikdagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetgan. Tahlilchilarning fikricha, metall kotirovkalarining yanada oshishi ehtimoli kam, yil oxiriga kelib uning narxi 1,9 ming dollargacha tushishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank Oltin HAMAS Jahon bozori Kommersant'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing