Oltin narxi yana rekord darajada ko‘tarildi

Jamiyat

image

Bugun, 22 yanvar kuni O‘zbekistonda o‘lchovli oltin quymalarning narxi yangi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Bankka ko‘ra, og‘irligi 5 gramm bo‘lgan quyma 9 mln 717 ming so‘mga baholanmoqda.

Quymalarning sotuv narxlari quyidagicha:

  • 5 gramm – 9 mln 717 ming so‘m;
  • 10 gramm – 19 mln 434 ming so‘m;
  • 20 gramm – 38 mln 868 ming so‘m;
  • 50 gramm – 97 mln 169 ming so‘m;
  • 100 gramm – 194 mln 338 ming so‘m.

Ba’zi manbalarga ko‘ra, oltin narxining keskin oshishiga AQSHning Grenlandiya bo‘yicha talablariga doir noaniqliklar va global siyosiy vaziyat sabab bo‘lgan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 yanvar kuni O‘zbekistonda 5 gramm oltin narxi 9 mln 717 ming so‘mni tashkil etgandi.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

Oltin Markaziy ban

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing