Oltin koni o‘pirildi. Kamida 50 qurbon bor

Olam

image

Kongo Demokratik Respublikasi sharqidagi Janubiy Kivu viloyatida oltin koni o‘pirildi. Natija kamida 50 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda OAVga Janubiy Kivu gubernatori Teo Ngvabije Kasi ma’lum qilgan. 

Unga ko‘ra, o‘pirilgan oltin koni Kamituga shahri yaqinida joylashgan. 

Fojianing ro‘y berishiga mintaqada bir haftadan beri davom etayotgan kuchli yog‘ingarchilik sabab bo‘lgan. 

50 kishining vafoti munosabati bilan mahalliy hokimlik ikki kunlik motam e’lon qildi. Kamituga ma’muriyatining so‘zlariga ko‘ra, konchilar hali ham vayronalar ostida bo‘lishi mumkin. 

Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Kongo Oltin koni

Baholaganlar

96

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing