Olti oyda O‘zbekistonda necha kishi yo‘llarda halok bo‘lgani aytildi
Jamiyat
−
20 iyul 2022
13075O‘zbekistonda joriy yilning 6 oyi davomida 3559 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda 784 kishi halok bo‘ldi, 2775 kishi esa jarohatlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021 yilning olti oyiga nisbatan YTHlar soni 194 ta yoki 5,2 foizga, o‘lim holatlari 127 taga yoki 13,9 foizga, shuningdek, jarohatlanganlar 67 taga yoki 2,4 foizga kamaygan.
Eng ko‘p YTHlar Farg‘ona (621) va Toshkent (479) viloyatlari hamda poytaxtda (413) sodir bo‘lgan. Avariyalarning 1618 tasi yo‘l infratuzilmasi to‘g‘ri tashkil etilmaganidan, 1941 tasi inson omili bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra yuz bergan.
LiveBarchasi