Olti oyda qancha mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgani ochiqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning olti oyi davomida O‘zbekiston bo‘yicha jami 1 429 ta jinoyat ishi bo‘yicha 1 785 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 13 nafari respublika, 195 nafari viloyat va 1 577 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirlik, idora hamda tashkilotlarda faoliyat yuritgan. 

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 1 210 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 158 nafari mansab mavqeini suiiste’mol qilish, 129 nafari firibgarlik, 74 nafari poraxo‘rlik, 22 nafari mansab soxtakorligi, 15 nafari mansabga sovuqqonlik qarash, 7 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va 170 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etgan. 

Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 668,2 mlrd so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan bo‘lib, tergov jarayonida ushbu zararning 599,1 mlrd so‘mi undirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoiy javobgarlik mansabdorlar

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing