Olti davlat kiber armiya tuzdi

Olam

image

Estoniya, Polsha, Xorvatiya, Gollandiya, Ruminiya va Litva kiber armiya tuzganliklarini e’lon qildi. Bu haqda Litva Respublikasi mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Yevropa Ittifoqining tezkor javob kuchlarini yaratish bo‘yicha yuqoridagi davlatlar memorandum imzoladi. Memorandum kecha, 4 mart kuni Zagrebda imzolangan. Hujjatda fuqaro va harbiy mutaxassislarning xalqaro guruhi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Ular kiberfazoni kuzatib boradi va kiber hujumlarga tezkor javob qaytaradi. Shuningdek, kiber qo‘shin tergov ishlarini olib boradi va ehtimoliy voqealarning oqibatlarini yo‘q qiladi.

Bu tuzilma tarkibiga yana bir qancha davlatlar qo‘shilish istagini bildirmoqda. Belgiya, Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Sloveniya va Finlyandiya kiber qo‘shinlar safiga kuzatuvchi maqomida a’zo bo‘ldi. Kelgusida kiber xavfsizlik borasidagi ishlar dunyo davlatlarining hukumatlari bilan birgalikda davom ettirlishi aytildi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa Ittifoqi Estoniya Xorvatiya Litva Pol'sha Gollandiya Ruminiya Kiber xavfsizlik

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing