Olmazordagi maktabda o‘quvchi sinfdoshini pichoqladi. Holat yashirilmoqda

3-sahifa

image

Joriy yilning 11 noyabr kuni Toshkentning Olmazor tumanidagi 191-sonli maktabning 9-sinfida o‘quvchi ikki bola o‘zaro janjallashib, biri boshqasini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbamizning ma’lum qilishicha, ikki o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik maktab hududida boshlanib, keyinroq ta’lim muassasasi tashqarisida davom etgan. Pichoqbozlik soat 11:30 lar atrofida yuz bergan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Biroq oradan ikki kun o‘tsa-da na tuman, na shahar ichki ishlar organlari bu haqda ma’lumot berdi. O‘quvchilar hamda umuman voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi shu va boshqa (jamoatchilik bexabar qoldirilgan) jinoyatlar bolalar jinoyatchiligi bo‘yicha statistikaga kiritilarmikin yoki raqamlarni chiroyli qilish uchun “tuya ko‘rdingmi – yo‘q” qabilida ish tutilarmikin?

Kishi e’tiborini tortadigan yana bir jihat borki, bu ham bo‘lsa o‘quvchilar o‘rtasidagi pichoqbozlik mamlakatda jinoyatchilikka qarshi profilaktika kuni etib belgilangan payshanba kuni yuz bergan. Janjal vaqtiga qaralsa, o‘quvchilar darsda bo‘lishi kerak edi, biroq unday bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

pichoqbozlik

Baholaganlar

460

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing