Senat majlisi boshlandi. Norboyeva nega niqobda emas?
Jamiyat
−
24 mart 2020
22891Bugun, 24 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Senat yalpi majlisi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilmoqda. Unda Senat raisi Tanzila Norboyeva, raisning birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev va Zayniddin Nizomxo‘jayev ishtirok etmoqda. Majlisda Senat raisining yana bir o‘rinbosari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Musa Yerniyazov ishtirok etmayapti.
Yalpi majlisda Senat raisining ikki o‘rinbosarlari niqoblarda ishtirok etmoqda.
Bugun Senatorlar tomonidan:
• “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi;
• “Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
• “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi;
• “III va IV darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi;
• “Sog‘lom avlod uchun” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinadi.
Shuningdek, Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish hamda Hazorasp tumani chegarasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqiladi.
LiveBarchasi