Olmazor tumaniga yangi prokuror tayinlandi
Jamiyat
−
10 mart 2020
15058O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining joriy yilning 7 martidagi buyrug‘i bilan Oybek Melsovich Mannonov Toshkent shahar Olmazor tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.
Oybek Mannanov 1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy-huquqshunos, 2009 yilda Toshkent davlat universitetini hamda 2017 yilda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.
U prokuratura organlaridagi xizmat faoliyatini Toshkent shahar Yashnobod tumani prokuraturasida boshlab, keyinchalik shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2020 yilning fevral oyidan buyon Toshkent shahar prokurorining xalqaro-huquqiy masalalar bo‘yicha katta yordamchisi lavozimida ishlagan.
LiveBarchasi