Andijonda velosipedchi YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 26 mart kuni Andijon viloyatida halokatli yo‘l-transport vositasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni soat 06:20 larda viloyatning Bo‘ston tumani, “Guzar” MFY, O‘zbekiston ko‘chasi hududidan o‘tgan Bo‘ston-Yangiobod mahalliy yo‘nalishda 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi I.M. Lacetti mashinasini boshqarib ketayotib,  o‘zi bilan bir yo‘nalishda haraktlanib ketayotgan velosipedchi urib yuboradi.

Oqibatda 1988 yilda tug‘ilgan velisopedchi E.N. olgan tan jarohatlarining og‘irligidan shifoxonada vafot etadi.

Lacetti haydovchisiga nisbatan qanday qonuniy choralar qo‘llanilgani haqida ma’lumotlar taqdim etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Andijon

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing