Olmaotada og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik Vataniga qaytariladi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2019
3608Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahridagi shifoxonada jonlashtirish bo‘limida qolayotgan o‘zbekistonlik Vataniga qaytarilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Gap shundaki, joriy yilning 3 avgust kuni o‘zbekistonlik X.B. velosipeddan yiqilib tushish oqibatida og‘ir umurtqa-orqa miya jarohati bilan Olmaota shahar shifoxonasining jonlashtirish bo‘limiga yotqizilgan edi. O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, kompleks muolajadan so‘ng mutaxassislar bemorni transportda olib ketish mumkin degan xulosaga kelgan.
Bosh konsulxona O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Olmaotada qolayotgan fuqaroni reanimobilda vrach nazorati ostida muolajani davom ettirish uchun Toshkent shahriga jo‘natsh masalasini hal qilmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16.
LiveBarchasi