Olmaota-Toshkent yo‘lida YTHga uchragan avtobus bo‘yicha TIV ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Biroz oldin, 20 aprel kuni tongda Qozog‘iston hududida Olmaota-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus yo‘l-troansport hodisasiga uchraganligi haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati Qozog‘istonning Jambul oblasti hududida, Olmaota-Toshkent yo‘lidagi yo‘lovchi avtobus halokati bo‘yicha ma’lumot berdi.

O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulligidan ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda bu hodisa oqibatida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgani haqida axborot mavjud emas. Shu bilan birgalikda, O‘zbekistonning 7 nafar fuqarosi tan jarohatlari bilan O‘tror va Qordaydagi shifoxonalarga yotqizilgan.

Xususan, O‘trordagi shifoxonaga yotqizilganlar:

1. Marhamat Jumaniyozova, 1996 yilda tug‘ilgan, Xiva shahridan;
2. Rohila Ahmetova, 1994 yilda tug‘ilgan;
3. Shodlik Maqsudovich Jabborov, Xiva shahridan;
4. Otabek Abdullayevich Matjonov, 1985 yilda tug‘ilgan, Qoraqalpog‘istondan;
5. Sardor Anorboy o‘g‘li Haydarov, 1994 yilda tug‘ilgan.

Qordaydagi shifoxonaga yotqizilganlar orasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi bor:

1. Islomiddinov Abuxattar o‘g‘li, 1997 yilda tug‘ilgan;
2. Zovodbek Muhammadjonov, 1999 yilda tug‘ilgan.

Ma’lumot uchun hodisa bugun taxminan 5:00lar atrofida Jambil viloyati Korday tumanida, Olmaota-Toshkent avtoyo‘lining 181-kilometrida yuz bergan. Voqea joyida 11 kishi halok bo‘lgani aytilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing