“Olmaota–Toshkent–Termiz” yo‘lining ayrim qismlarida harakatlanish cheklandi

Jamiyat

image

Qozog‘istonda ob-havo sharoitining yomonlashishi sababli  oltita viloyatdagi yo‘llarda, xususan “Olmaota-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining ayrim qismlarida barcha turdagi transportlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritildi.  Bu haqda “Kazinform” xalqaro axborot agentligi ma’lum qildi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘istonning quyidagi olti viloyatida avtomobillar harakati cheklangan:

  • Abay viloyati — umumiy uzunligi 177 kilometr bo‘lgan “Omsk-Maykapshagay” avtomobil yo‘li, Kalbatau- Bugaz qishloqlari;
  • Jambil viloyati — umumiy uzunligi 79 kilometr bo‘lgan “Olmaota-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘li, Kenen-Qaynar qishloqlari. Harakat eski Korday dovoni orqali amalga oshiriladi;
  • Jetisu viloyati — umumiy uzunligi 100 kilometr bo‘lgan “Usharal-Dostik” avtomobil yo‘li. Ko‘ktuma stansiyasidan — Do‘stlik stansiyasigacha;
  • Kustanay viloyati — Ulitau viloyatida ob-havo sharoitining yomonlashishi munosabati bilan umumiy uzunligi 83 kilometr bo‘lgan “Jezkazgan-Petropavlovsk” avtomobil yo‘li. Ulitau viloyati chegarasidagi Arkaliq shahrigacha;
  • Turkiston viloyati - umumiy uzunligi 106 kilometr bo‘lgan “Jizzax-Gagarin-Jetisay-Sariagash-Jibekjoli” avtomobil yo‘li – Qizilasker – Chernyayevka qishloqlari. Faqat yuk tashish transportlari uchun.
  • Ulitau viloyati - umumiy uzunligi 115 kilometr bo‘lgan “Jezkazgan-Petropavlovsk” avtomobil yo‘li. Ulitau qishlog‘idan Kustanay viloyati chegarasigacha.

Maqola muallifi

Teglar

cheklov avtomobil' yo'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing