Olmaliq shahriga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 15 avgust kuni Usmon Ismoilovich Rahimov Olmaliq shahrining yangi hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida qaror qabul qilindi.

Usmon Rahimov Olmaliq shahriga hokim etib tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati, Nurafshon shahar hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Ayni damda shahar hokimligida bo‘lib o‘tayotgan Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi mazkur tashkiliy masala yuzasidan bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Olmaliq shahrining sobiq hokimi O‘ktamjon Karimov Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Olmaliq Usmon Rahimov

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing