Olmaliqdagi ayollar va erkaklar janjali bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi restoranda erkaklar va ayollar o‘rtasida yuz bergan janjal bo‘yicha jinoyat ichi ochildi.

Toshkent viloyati IIBB Matbuot kotibi Bobur To‘laganovga ko‘ra, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 fevral kuni soat 21:30 da Olmaliq shahar, “Birdamlik” MFYda joylashgan “Marhamat” restoranida 2 erkak va 4 ayol o‘rtasida janjal sodir bo‘lgandi. Ular IIBga olib borilgan. Tibbiy ko‘rik xulosasida ularning mast holda bo‘lgani aniqlangan.

Voqea guvohlari va restoran mas’ullari ishga jalb qilingan. Natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Olmaliq

Baholaganlar

488

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing