Olmaliqdagi avtohalokatda maktab o‘quvchisi vafot etdi

3-sahifa

image

Bugun, 12 may kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida 26 yoshli haydovchi 9 yoshli ikki bolani urib ketdi. Hodisa oqibatida 1 bola vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat taxminan 14:00 larda Olmaliq shahri Amir Temur ko‘chasida 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi C.D. piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 2 nafar 2017 yilda tug‘ilgan piyodalarni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Piyodalarning biri olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan. Yana bir nafari shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi mazkur ishga jalb qilingan holda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Konimex tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

avtohalokat Olmaliq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing