Olmaliqda yuk mashinasi yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 5 may kuni Toshkent viloyatining Olmaliq tumanida BelAZ rusumli avtosamosval yonib ketdi. Holat yuzasidan “Olmaliq” kon-metallurgiya kombinati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, hodisa taxminan soat 6:15 da sodir bo‘lgan. 2017 yilda ishlab chiqarilgan BelAZ-75131 rusumli yuk avtomobilining (yuk ko‘tarish quvvati 130 tonna) dvigatel qismida elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yong‘in kelib chiqqan. Transport Texnologik transport boshqarmasining 3-sonli transport zavodiga qarashli bo‘lgan.

Hodisa oqibatida haydovchi jabrlanmagan. Yong‘in tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Ushbu hodisa yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Qamchiq” dovonida yuk avtomobili yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in BelAZ “Olmaliq”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing