Olmaliqda texnika instituti tashkil etiladi
Jamiyat
−
18 Sentabr 4403 1 daqiqa
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 8 sentyabr kuni qabul qilingan “Olmaliq davlat texnika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi 279-sonli qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, Olmaliq filialida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini institutda davom ettiradi hamda 2025-2026 o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda institut diplomi beriladi.
Institutning yuqori kurs talabalari haq to‘lanadigan amaliyotga jalb etiladi.
Institutda geologiya, metallurgiya va texnikaga ixtisoslashgan ilg‘or muhandislik maktabi (“GeoMetTex”) tashkil etiladi. Ushbu maktabda ta’lim olish uchun akademik ko‘rsatkichlari yuqori talabalar tanlov asosida saralab olinadi va amaliyotga yo‘naltirilgan maxsus ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi.
“GeoMetTex” ilg‘or muhandislik maktabi yo‘nalishiga mos sanoat hamkorlari belgilanib, ularni texnik va texnologik jihatdan ta’minlash uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universitetini tashkil etilishi haqida xbaar berilgandi.
Live
Barchasi