Olmaliqda soliqchilar sotuvchi ayollarni sudrab, buyumini tortib oldi. DSQ raisi xalqdan kechirim so‘radi (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta erkak ko‘chada buyum sotuvchi ayollarning tovarlarini yer bilan bitta qilib, ularning o‘zini sudrab ketayotgani aks etgan video tarqaldi.

Holatni tasvirga olgan fuqaro ayollarning buyumlarini tortib olishga uringan shaxslar soliqchilar ekanini bot-bot takrorlagan.

Holatdan oydinlashadiki, soliqchilar ko‘chada sotuvchilik qilayotgan ayollarning buyumlarini tortib olib, mashinaga yuklashga uringan.

 

 

 

 

“Uyimda non qolmadi, ber narsalarimni”, deya dod solgan ayollardan biri. Bunga javoban erkaklardan biri «bu yer bozor emas”ligini aytgan.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev videodagi holat yuzasidan munosabatini bildirib, videomurojaat yo‘lladi.

“Kuni kecha Olmaliq shahrida bo‘lgan noxush hodisa juda uyatli, sha’nimiz, soliq xizmatining vazifalariga to‘g‘ri kelmaydigan hodisa yuz bergan. O‘zim shaxsan va’da beraman. Samarqandda xizmat safaridan qaytib borishim bilan Olmaliqda hodisa yuz bergan joyga yetib boraman. Ammo buni kutmasdan hodisada o‘zini noo‘rin tutgan va xizmat vazifasini noto‘g‘ri bajargan xodimlarga tegishli jazo choralari ko‘riladi. Bu bizga yarashmaydi. Soliq organlari kuchishlatar idora emas, balki tadbirkorlarga ko‘makchi bo‘ladigan idora. Bunday ayanchli holatlar yuz beryapti va  biz buni ildizi bilan yulib tashlashimiz kerak bo‘ladi. Ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot beramiz. Man bu holat yuz bergani uchun hurmatli fuqarolarimiz va xalqimizdan mana shunday xodimlarimiz borligi uchun uzr so‘rayman”, degan Sherzod Kudbiyev.


Maqola muallifi

Teglar

Sherzod Kudbiev

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing