Kudbiyev Olmaliqdagi voqealar sabab nega 11 soliqchini ishdan olganini izohladi

Jamiyat

image

Avvalroq, Olmaliq shahrida davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ko‘chada narsa sotib o‘tirgan ayollarni majburlab olib ketgani aks etgan video tarqalib, jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgandi. Holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilib, 11 nafar soliqchi ishdan olingandi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev Toshkent besh tashabbus harakati doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda Olmaliqda ko‘chada savdo qilgan ayollarga kuch ishlatgani uchun ishdan olingan soliqchilar masalasiga to‘xtatildi.

“Olmaliqdagi yuz bergan voqea bo‘yicha, to‘g‘ri holatmidi? Mutlaqo noto‘g‘ri holat bo‘lgan. O‘sha voqea sabab 11 nafar soliq xodimi ishdan ketdi. Chunki ularning chora ko‘rish uslubi noto‘g‘ri edi. Lekin ular birinchidan, topshiriqni bajarishgan. Ikkinchidan, o‘shanday yoyma holatida savdo qilish barcha talablarga zid. Men nimaga ularni ishdan olib tashladim? Chunki ularning ayollar bilan bunday muomalada bo‘lishi mumkin emas. Boshqa tomondan soliqchi kuch ishlatishga haqqi yo‘q. Soliq organi faqat ma’muriy chora ko‘rishi mumkin xolos.

Men tuman hokimi sifatida ham ishlaganman. Siz muddati o‘tgan, andisha qilinadigan narsalar sotilishini muammo deyapsiz, lekin undan kattaroq muammolar bor. Bu chek bermaslik, plastikka savdo qilishda 15-20 foizga narx qimmat bo‘ladi deb aytishi, yoki plastikdan olishga rozi bo‘lganda terminaldan yechmasdan, plastik kartochkaga to‘lov tizimlari orqali o‘tkazib berishni so‘rashadi. Ikkita jismoniy shaxs o‘rtasidagi o‘tkazma savdo bo‘lmaydida, solig‘ini to‘lamaydi. Mana shular aslida katta muammo. Shunga qarshi kurashishmiz kerak”, dedi Kudbiyev.

Eslatib o‘tamiz, Olmaliqda soliqchilardan jabr ko‘rgan ayollarning noqonuniy faoliyati “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida qonuniylashtirilgan. 

Ularga Olmaliq shahridagi savdo markazidan tegishli joy ajratib berilgan. Shuningdek, kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatilib, ulardan biriga tikuv mashinasi hadya etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sherzod Kudbiev

Baholaganlar

200

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing