Olmaliqda odamlar muzqaymoqdan ommaviy zaharlandi
3-sahifa
−
15 avgust 2021
15671Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish holati bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Sanitariya va epidemiologiya boshqarmasi holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Olmaliq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida, haqiqatan ham Z6 nafar bemor shu tashxis bilan yotqizilgan.
Bugungi kun holatiga ularning 31 nafariga ahvoli yaxshi bo‘lgani sababli, uyiga ruxsat berilgan. Yana besh nafar bemor davolanishda, ahvoli o‘rtacha.
Bundan tashqari, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga shu tashxis bilan yotqizilgan 1Z nafar bemor mavjud. Ayni paytda ularning holati o‘rtacha og‘ir, muolajalar davom etirilmoqda.
Haqiqatan ham, xususiy tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan muzqaymoq bu vaziyatga sababchi bo‘lgani aniqlangan. Bu tadbirkorlik sub’ekti Olmaliq shahrida joylashgan.
Ayni paytda vaziyat yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli xulosalar mutasaddilarga berilgan. Epidemiologik surishtiruvlar davom ettirilmoqda.
Avvalroq, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi bog‘chada bolalar ommaviy zaharlangani haqida xabar bergan edik. Dastlab, 25 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan. Keyinroq, ularning soni 32 nafarga yetgan. Zaharlangan bolalarga “botulizm” tashxisi qo‘yilgan. Oqqo‘rg‘ondagi zaharlanishni O‘zbekiston Prezidentining topshirig‘iga binoan Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev joyiga chiqib o‘rgangan.
Oqqo‘rg‘on tumanida bog‘cha tarbiyalanuvchilari zaharlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 2571-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi